Nihoyat: Neymar 12 yil avval bergan va’dasini bajardi
Braziliyalik hujumchi Neymar Santos shahrining «Santos» klubi bilan shartnoma imzoladi.
Bu haqda jamoaning X ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy akkaunti xabar berdi.
«Shahzoda qaytdi», - deyiladi Braziliya klubi bayonotida. «Santos» futbolchining 2013-yilda Braziliyani tark etganida aytgan so‘zlarini keltirgan. «Men ketaman, lekin qaytib kelaman», deb va’da bergandi forvard. Neymarning «Santos» bilan yangi kelishuvi tafsilotlari oshkor qilinmadi.
Oldinroq Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» klubi Neymarning ketishini malum qilgandi. Tomonlar o‘zaro kelishuvga ko‘ra shartnomani bekor qilishdi. Hujumchi bir yarim yil davomida jamoa safida barcha turnirlarda yettita o‘yin o‘tkazib, bitta gol urdi, xolos.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter