Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Murodjon Ahmadaliyevga raqib topildi

Murodjon Ahmadaliyevga raqib topildi

Professional boksning birinchi yarim yengil vazn toifasida sobiq jahon chempioni Murodjon Ahmadaliyev navbatdagi raqibi aniq bo‘ldi.

WBA qaroriga ko‘ra, Murodjon Ahmadaliyev (11-1, 8 KO) navbatdagi jangini yaponiyalik Tomoki Kameda (43 jang, 40 g‘alaba)ga qarshi o‘tkazadi.

Jang sanasi hozircha aniq emas. Tomonlar 30 kun ichida jang bo‘yicha kelishuvga erishishi lozim. Agar kelishuv amalga oshmasa, promouterlik savdosi tashkil etiladi.

Bahs g‘olibi hozirda Marlon Tapalesga tegishli bo‘lgan kamar uchun majburiy da’vogarga aylanadi.

Eslatib o‘tamiz, Murodjon aprel oyida filippinlik Marlon Tapalesga qarshi jangda mag‘lubiyatga uchrab, WBA va IBF kamarlarini boy bergandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring