Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Messi dunyo sportidagi eng yaxshi o‘yinchi kimligini aytdi

Messi dunyo sportidagi eng yaxshi o‘yinchi kimligini aytdi

Argentina terma jamoasi hujumchisi va sakkiz karra «Oltin to‘p» sohibi Lionel Messi «Chikago Bullz» va AQSh terma jamoasining sobiq basketbolchisi Maykl Jordanni tarixdagi eng buyuk sportchi deb bilishini tan oldi.

Uning so‘zlarini SPORF nashri X ijtimoiy tarmog‘ida keltirgan.

«Menimcha, sport haqida gap ketganda, Maykl Jordan eng zo‘r. «Oxirgi raqs»ni ko‘rganimdan so‘ng men ilhomlandim va uning kimligi haqida ko‘proq bilib oldim», — dedi Messi.

ESPN ekspertlarining fikricha, Jordan tarixdagi eng yaxshi basketbolchi. U hujumkor himoyachi sifatida o‘ynadi. Basketbolchi ikki karra Olimpiya chempioni sanaladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring