Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bobur Omonov Paralimpiya rekordini yangiladi

Bobur Omonov Paralimpiya rekordini yangiladi

Para yengil atletika bo‘yicha F41 klassida musobaqalarda ishtirok etayotgan O‘zbekistonlik sportchi Bobur Omonov o‘z urunishida 14.32 metr natija qayd etdi va o‘ziga tegishli bo‘lgan Paralimpiya o‘yinlari rekordini yangiladi.

Shu tariqa sportchi para yengil atletika bo‘yicha erkaklar o‘rtasida F41 klassida yadro uloqtirish dasturida qatnashib, oltin medalni qo‘lga kiritdi. E’tiborlisi, Omonov ushbu natijasi orqali o‘zi tomonidan 2021 yil Tokioda o‘rnatilgan Paralimpiya o‘yinlari rekordini ham yangiladi.

Ma’lumot uchun, Bobur Omonov bundan avval Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlarida ham chempionlikni qo‘lga kiritgan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring