Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Javohir Sindorov yarim finalda shiddatli bahs o‘tkazdi

Javohir Sindorov yarim finalda shiddatli bahs o‘tkazdi

Yosh vakilimiz dunyoning ikkinchi raqamli shaxmatchisiga qarshi 7 ta partiyadan iborat shiddatli o‘yin o‘tkazdi.

Germaniyaning Vayssenxaus shahrida o‘tkazilayotgan mukofot jamg‘armasi 750 000 AQSh dollarini tashkil qiluvchi nufuzli Freestyle Chess Grand Slam shaxmat turnirida ikkinchi finalchining nomi ma’lum bo‘ldi.

O‘ta murosasiz kechgan yarim finalning ikkinchi juftligida 19 yoshli Javohir Sindorov dunyo reytingida ikkinchi o‘rinni egallab turgan amerikalik grossmeyster Fabiano Karuanaga hal qiluvchi armagedon partiyasida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Ushbu partiyaga qadar ularning 6 partiyadan iborat bahsi umumiy durang natijani keltirib chiqargandi.

Endi Javohir bugun 3-o‘rin uchun norvegiyalik  Magnus Karlsenga qarshi bahs olib boradi. Bu ikki shaxmatchining saralash bosqichidagi o‘zaro uchrashuvida Javohir g‘olib bo‘lgandi.

Fabiano Karuana esa Freestyle Chess Grand Slam bosh sovrini uchun germaniyalik Vinsent Keymerga qarshi bahs olib boradi. Keymer 1/2 finalda Magnus Karlsenni mag‘lub etib, katta shov-shuv ko‘tardi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring