Husanov «Man Siti»ning eng yaxshi uch futbolchisi qatoriga kirdi
![Husanov «Man Siti»ning eng yaxshi uch futbolchisi qatoriga kirdi](https://static.xabaruz.com/crop/8/8/920__95_88897299.png)
Angliya kubogi 1/16 final bosqichida «Manchester Siti» mehmonda «Leyton Oriyent» ustidan qozonilgan zafar hisobiga keyingi bosqichni naqd qildi. Ikkinchi taymda maydonda o‘zini ko‘rsatgan Abduqodir Husanov uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchilaridan biri deb topildi.
Sofascore portali «Siti»ning 2:1 hisobidagi g‘alabasidan so‘ng futbolchilar harakatini baholadi.
Ikkinchi taymda zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan va hisobni tenglashtiruvchi gol muallifiga aylangan Abduqodir Husanovning harakatlari 10 ballik tizimda 7,8 ballga baholandi. Faqat Grilish (8,5) va O`Rayli (8) o‘zbekistonlik futbolchidan yaxshiroq baho oldi. Ular asosiy tarkibda tushirilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter