Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Angliya kubogi. Husanov gol urdi, «Manchester Siti» 1/8 finalga yo‘l oldi

Angliya kubogi. Husanov gol urdi, «Manchester Siti» 1/8 finalga yo‘l oldi

Foto: Sportbox

Angliya kubogi 1/16 finalida «Manchester Siti» Londonda «Leyton Oriyent»ga qarshi to‘p surdi.

«Shaharliklar» 3-divizion jamoasiga qarshi o‘yinning 1-bo‘limini juda omadsiz o‘tkazishdi. «Leyton Oriyent» futbolchisi 16-daqiqada uzoq masofadan yo‘llagan to‘p «MS» darvozaboni Ortegaga tegib, darvoza to‘ridan joy oldi — 1:0.

Manchester debyutantlari uchun ham birinchi taym omadsiz bo‘ldi: Niko Gonsales jarohat olib maydonni tark etdi, bo‘limni yomon o‘tkazgan Vitor Reys esa tanaffusda o‘rnini Abduqodir Husanovga bo‘shatib berdi.

Ikkinchi bo‘limda maydonga tushgan o‘zbekistonlik himoyachi kutilmaganda o‘yinda burilish yasadi. 56-daqiqada Luisning zarbasidan keyin to‘p Abduqodirga tegib, darvozadan o‘rin oldi — 1:1. Gol Husanov nomiga yozildi, bu uning debyut goli!

Kevin de Bryuyne 79-daqiqada Grilishning uzatmasini golga aylantirib, jamoasining kambek qilishini ta’minladi — 2:1.

«Manchester Siti» g‘alabaga erishib, nimchorak finalga yo‘l oldi.

«Siti» navbatdagi o‘yinni 11 fevral kuni YeChL o‘tish o‘yini doirasida «Real»ga qarshi o‘tkazadi.

Angliya kubogi. 1/16 final

Leyton Oriyent – Manchester Siti 1:2

Gollar: 1:0 — 16, avtogol Ortega, 1:1 — 56 Husanov, 1:2 — 79 Kevin de Bryuyne.

Leyton Oriyent: Kili, Karri, Hepp, Simpson, Jeyms, Braun (Boll, 85), Gelbreyt (Obiyero, 86), Jayesimi (Pretli, 54), Donli (Adjey, 85), Perkins (Kuper, 65), Kelman.

Manchester Siti: Ortega, Ruben Diash (Stounz, 46), Reys (Husanov, 46), O`Rayli (Kevin de Bryuyne, 72), Lyuis, Gundo‘g‘an, Niko Gonsales (Bernardu Silva, 22), Grilish, Makati (Foden, 72), Savio, Marmush.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring