YChL. 1/8 finalga o‘tish bosqichida birinchi o‘yinlar yakuniga yetdi
![YChL. 1/8 finalga o‘tish bosqichida birinchi o‘yinlar yakuniga yetdi](https://static.xabaruz.com/crop/4/0/920__95_4079589285.jpg)
Yevropa Chempionlar ligasida 1/8 finalga o‘tish bosqichida birinchi o‘yinlar yakuniga yetdi.
Belgiyada «Bryugge» bilan bahs yuritgan «Atalanta» qo‘shib berilgan daqiqalardagi penalti tufayli mag‘lubiyatga uchradi. Myunxenning «Bavariya» klubi Glazgoda «Seltik» ustidan zafar quchdi. «Milan» Rotterdamda «Feyenoord»ga yutqazdi, «Benfika» esa safarda «Monako»dan ustun keldi.
Javob o‘yinlari 18-fevralda o‘tkaziladi.
YChL. 1/8 finalga o‘tish bosqichi
Birinchi o‘yin
Bryugge — Atalanta 2:1
Gollar: Yutgla (11), Nilsson (90+4, penalti) — Pashalich (41).
Seltik — Bavariya 1:2
Gollar: Maeda (79) — Olise (45), Keyn (49).
Feyenoord — Milan 1:0
Gol: Payshao (3).
Monako — Benfika 0:1
Gol: Pavlidis (48).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter