Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Dyuplantis jahon rekordini qatorasiga 10-marta yangiladi

Dyuplantis jahon rekordini qatorasiga 10-marta yangiladi

Foto: Instagram/mondo_duplantis

Shved yengil atletikachisi Arman Dyuplantis sport olamini fantastik sakrashlari bilan lol qoldirishda davom etmoqda.

25 avgust kuni u langarcho‘pga tayanib sakrash bo‘yicha yangi jahon rekordini o‘rnatdi — shu tariqa u jahon birinchiliklarida qatorasiga 10-marta rekord o‘rnatdi (9 tasida o‘z natijasini yangiladi).

Navbatdagi rekord Polshada bo‘lib o‘tayotgan «Brilliant liga»da qayd etilib, Dyuplantis ikkinchi urinishda 6,26 metr balandlikni zabt etdi.

Arman Dyuplantis — 24 yoshda, ikki karra Olimpiya chempioni, ikki marta jahon chempioni.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring