Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bahodir Jalolov qatorasiga ikkinchi marta Olimpiada finaliga chiqdi

Bahodir Jalolov qatorasiga ikkinchi marta Olimpiada finaliga chiqdi

Foto: Olympic.uz

Parijdagi yozgi Olimpiya o‘yinlarida o‘zbek bokschilarining muvaffaqiyatli yurishi davom etmoqda.

+92 kg vaznda Bahodir Jalolov germaniyalik Raman Tiafakni 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, finalga yo‘llanma oldi.

Bu o‘zbek Bahodirining Olimpiadalardagi qatorasiga ikkinchi finalidir

Jalolov 10 avgust kuni navbatdagi oltin medalni qo‘lga kiritish uchun ringga ko‘tariladi, uning finaldagi raqibi — ispaniyalik Ayub Al Gadfa.

Parij-2024 boks musobaqalarida final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan o‘zbekistonliklar 4 nafarga yetdi: Hasanboy Do‘smatov (-51 kg), Lazizbek Mullojonov (-92 kg), Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev (-71 kg) va Bahodir Jalolov (+92 kg).

8-avgust kuni Abdumalik Xalokov (-57 kg) ham g‘alaba qozonsa, finalchilarimiz 5 nafarga yetadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring