Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vardanyan va Assakalov bronza medali uchun kurashda imkoniyatni boy berishdi

Vardanyan va Assakalov bronza medali uchun kurashda imkoniyatni boy berishdi

O‘zbekistonlik yunon-rum kurashchisi Aram Vardanyan bronza medali uchun bahsda gilamga chiqdi. 

Yunon-rum kurashi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Aram Vardanyan (-77 kg) uchinchi o‘rin uchun bellashuvda gilamga chiqdi.

2021 yilgi jahon chempioni, armanistonlik Malxas Amoyan bilan kurashgan yurtdoshimiz mag‘lubiyatga uchradi va Olimpiadani beshinchi pog‘onada yakunladi.

Shuningdek, Rustam Assakalov Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlaridagi ishtirokini tugatdi. -97 kg vazn toifasida gilamga chiqqan yurtdoshimiz uchinchi o‘rin uchun kechgan bellashuvda kubalik amaldagi jahon chempioni Gabriyel Rosilloni bilan bellashdi. Afsuski, Assakalov bahs davomida jarohat olib kurashni davom ettira olmadi va mazkur olimpiadani beshinchi pog‘onada tugatdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring