Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ikki nafar yunon-rum kurashchimiz bronza uchun bahslarni davom ettiradi  

Ikki nafar yunon-rum kurashchimiz bronza uchun bahslarni davom ettiradi  

O‘zbekistonlik yunon-rum kurashchisi Aram Vardanyan bronza medali uchun o‘tish bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Sportchi yakunlangan bellashuvda jazoirlik Abdelkrim Oukalini mag‘lubiyatga uchratishga erishdi. Endi u -77 kg vazn toifasining sovrindorlar qatoridan joy olish uchun armanistonlik Malxas Amoyan bilan bellashadi.

Shuningdek, Rustam Assakalov ham bronza medali uchun gilamga chiqadi.

Yunon-rum kurashchisi Rustam Assakalov (-97 kg) ham kechki dasturda bronza medali uchun kurashish imkoniyatini saqlab qoldi. Koreya Respublikasi vakili Seong Jun Kim bilan bellashgan polvonimiz ajoyib g‘alabasi bilan Olimpiada medali sari yana bir qadam tashladi. Endi u bu yo‘lda kubalik Gabriyel Kindelanga qarshi gilamga chiqadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring