Abdusattorov yana peshqadam bo‘lib oldi
Niderlandiyaning Veyk-an-Zeye shahrida o‘tkazilayotgan an’anaviy «Tata Steel Chess-2025» musobaqasi o‘zining qizg‘in pallasiga kirdi.
Kecha o‘tkazilgan beshinchi tur bahsida Abdusattorov qora donalarda o‘ynashiga qaramay, mezbonlar vakili Yorden Van Forestni mag‘lubiyatga uchratdi. Nodirbek 3 g‘alaba va 2 durang bilan 4 ochko jamg‘argan holda qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra peshqadamga aylanib oldi.
Hindistonlik Rameshbabu Pragnanandha kecha ochko yo‘qotdi. U niderlandiyalik grossmeyster Maks Varmerdam bilan murosaga keldi. Rameshbabu 4 ochko bilan qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra 2-o‘ringa joylashgan. Amerikalik Fabiano Karuana Vladimir Fedoseyevga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Hindistonlik Gukesh Dommaradju germaniyalik Vinsent Keymerdan ustun keldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter