Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tashqi ishlar vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Tashqi ishlar vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Nurimbetov Rahmatilla Ibragimovich boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

U 2023-yil 29-dekabridan buyon ushbu lavozimda ishlayotgan bo‘lgan. 

Haydarov Ilhom O‘tkirovich esa tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. 

U bunga qadar uzoq yillar «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi rahbari edi. Ilhom Haydarov 2006- yildan 2009-yilgacha O‘zbekistonning Ukrainadagi va Moldovadagi favqulodda va muxtor elchisi bo‘lib ishlagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring