Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchisi missiyasini yakunladi

O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchisi missiyasini yakunladi

Ostonadagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan O‘zbekiston elchisi Saidikrom Niyozxo‘jayev Qozog‘iston Bosh vaziri o‘rinbosari –    tashqi ishlar vaziri Murat Nurtleu tomonidan qabul qilindi, deb xabar bermoqda «Dunyo» agentligi

Qozog‘iston TIV ma’lumotiga ko‘ra, uchrashuv chog‘ida vazir ikki davlat rahbarlarining siyosiy irodasi tufayli so‘nggi yillarda Qozog‘iston-O‘zbekiston munosabatlari strategik sheriklik va ittifoqchilik darajasiga ko‘tarilganini alohida ta’kidladi.

Qozog‘iston Prezidentining farmoniga muvofiq, vazir amalga oshirilgan ulkan ishlar va elchining ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlashga qo‘shgan katta hissasi uchun Saidikrom Niyozxo‘jayevni oliy davlat mukofoti – II darajali «Dostiq» ordeni bilan taqdirladi va uning kelajakdagi faoliyatida yangi muvaffaqiyatlar tiladi.

Niyozxo‘jayev 2018 yildan ushbu lavozimda ishlab kelayotgandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring