Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Mirziyoyev Trampga uyushtirilgan suiqasdga munosabat bildirdi

Mirziyoyev Trampga uyushtirilgan suiqasdga munosabat bildirdi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

Shavkat Mirziyoyev Donald Trampga uyushtirilgan suiqasdga munosabat bildirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Amerika Qo‘shma Shtatlarining sobiq Prezidenti Donald Tramp Pensilvaniya shtatida saylovoldi uchrashuvda nutq so‘zlayotgan chog‘ida uning hayotiga suiqasd uyushtirilgani haqidagi xabarni chuqur xavotir bilan qabul qildi.

Davlat rahbari ushbu zo‘ravonlik harakatini keskin qoralaydi va Donald Trampga tez fursatda sog‘ayib ketishini tilaydi, deyiladi xabarda. 

Eslatib o‘tamiz,  shanba kuni kechasi Pensilvaniyada Trampga suiqasd uyushtirildi. Oqibatda siyosatchi yengil yaralandi. Otishmani uyushtirgan shaxs otib o‘ldirildi. 


Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring