Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mask Trampdan «asr intervyusi»ni oldi

Mask Trampdan «asr intervyusi»ni oldi

Foto: Focus

AQSh prezidentligiga nomzod (va sobiq prezident) Donald Tramp uzoq tanaffusdan so‘ng X (sobiq Twitter)ga qaytdi va Ilon Mask undan intervyu oldi.

Avvalo aytish kerakki, juda kutilayotgan va eng global masalalar muhokama qilinadigan «asr intervyusi»ni barcha ham onlayn kuzata olmadi. Intervyu 45 daqiqa kech boshlandi va 1,3 milliondan ziyod foydalanuvchi uni onlaynda eshitdi. Qolganlar esa audioxonaga bog‘lanolmay, servis ishlamayotgani haqida xabarlar olishdi.

Sal o‘tib Ilon Mask X tarmog‘iga DDOS-hujum (sanoqsiz kompyuterlar orqali xakerlik hujumi) bo‘lganini ma’lum qildi va agar muammo hal etilmasa, Tramp bilan suhbat kam sonli auditoriya bilan davom ettirilishi va keng ommaga keyinroq havola etilishini bildirdi.

Shu suhbat tafsilotlari chiqishni boshladi, ayrimlariga to‘xtalamiz.

Nega unga suiqasd qilishga imkon yaralgani haqida

Trampning fikricha, bu turli huquq posbonlari o‘rtasida muvofiqlik yo‘qligining oqibati.

Uning aytishicha, boshi ustidan o‘qlar uchib o‘tayotgan bir pallada maxfiy xizmat xodimlari o‘z tanalari bilan uni himoyalashgan. Buning uchun katta mardlik kerak, dedi u.

«Biroq muvofiqlik yetishmadi. Bino nazoratga olinishi kerak edi», — dedi Tramp.

Suiqasddan so‘ng Xudoga ko‘proq ishonishni boshladim, deya Tramp dinsizlarga buni bir o‘ylab ko‘rishni maslahat berdi.

Ukrainadagi urushni to‘xtatib qolgan bo‘lardim, Baydenda «umuman IQ yo‘q»

«Ukrainada siz o‘ylaganingizdan ham ko‘p odamlar halok bo‘ldi. Ukrainada erkaklar qolmadi. Yoshlarni va keksalarni frontga yuborishyapti. Men buni to‘xtatib qola olardim. Putin bilan gaplashardim, u bilan yaxshi chiqishamiz, u menga quloq tutardi. U (Baydenni nazarda tutmoqda — tahr.) esa buni hech qachon qilmasdi»,dedi Tramp.

Trampning aytishicha, Bayden Ukraina NATOga kirishi mumkin deb ahmoqona xatoga yo‘l qo‘ygan: «30 yil avval Baydenning IQsi past edi, hozir aftidan unda «umuman IQ yo‘q».

Trampning boshqa fikrlari

  • Bayden saylovoldi kurashidan davlat to‘ntarishi oqibatida chiqib ketgan, o‘zi ketishni istamagan.
  • Mamlakatga hech narsa tahdid solmasligi uchun AQSh uzra dunyodagi eng zo‘r «Temir gumbaz» (havo hujumidan mudofaa tizimi) qurmoqchi.
  • Pensilvaniyadagi chiqishida unga qarata o‘q uzgan killerni neytrallashtirgan snayperdan Tramp juda minnatdor. O‘shanda bir kishi halok bo‘lgan, bir necha kishiga jarohat yetgan, Tramp qulog‘idan yaralangandi.
  • Dunyoga eng katta xavf global isish emas, balki «yadroviy isish».
  • Hozirgi sur’atida Xitoy yadroviy arsenali kattaligi bo‘yicha AQShni ortda qoldirishi mumkin.
  • Ukraina qurolli kuchlariga odam yetishmayapti.
  • Vashington Rossiya va Xitoy manfaatlari mushtarak kelishiga yo‘l qo‘ymasligi shart.
  • AQSh uchun tashqi tahdidlar (xususan, Xitoy va Rossiya)dan ko‘ra, ichki tahdidlar xavfliroq.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring