Gruziya bosh vaziri Kobaxizde O‘zbekistonga keladi

4-5-mart kunlari Gruziya bosh vaziri Irakliy Kobaxidze rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi.
Bu haqda O‘zbekiston hukumat portalida xabar berildi.
Tashrif dasturidan qator ikki tomonlama uchrashuvlar va hukumatlararo qo‘shma komissiya yig‘ilishini o‘tkazish, sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishish va boshqalar o‘rin olgan.
Eslatib o‘tamiz, Gruziyaning avvalgi bosh vaziri Irakliy Garibashvili 2022-yilning yozida O‘zbekistonga kelgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter