Zelenskiy ilk bor Rossiyaga hujum bo‘yicha gapirdi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakat Qurolli Kuchlarining «mudofaa harakatlari» haqida gapirdi, u Rossiyaning Kursk viloyatiga hujumni ham nazarda tutgan.
Ukraina Qurolli Kuchlari Rossiyaning Kursk viloyatidagi operatsiyasining to‘rtinchi kunida Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy to‘g‘ridan-to‘g‘ri hudud nomini tilga olmagan bo‘lsada, birinchi marta frontning ushbu qismidagi vaziyat haqida gapirdi.
«Avvalo, biz Bosh qo‘mondon Aleksandr Sirskiyning barcha muhim yo‘nalishlar: janub, Kuraxovo, Pokrovsk, Toretsk, Chasov Yar, Lugansk viloyati va Xarkov viloyatidagi vaziyat to‘g‘risida hisobotini eshitdik. Shuningdek, Rossiya Ukraina hududiga hujumlar boshlagan yo‘nalishdagi mudofaa harakatlarimiz haqida ham gaplashdik», — deyiladi Zelenskiy shtab-kvartirasi yig‘ilishidagi hisobotida.
Oxirgi yo‘nalish Kursk viloyatiga tegishlidir.
Hozircha na Zelenskiy, na Ukraina harbiy qo‘mondonligi Kurskdagi operatsiya haqida hech narsa demadi, ammo ba’zi siyosatchilar va rasmiylar buni ochiqchasiga muhokama qilishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Ukraina kuchlari 6 avgust kuni Kursk viloyatiga bostirib kirdi, ular Rossiyaga 10 kilometrgacha kirgani aytilmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin tezkor yig‘ilish o‘tkazdi. Hozirda ham rus kuchlari ukrainaliklarni siqib chiqara olmayapti.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter