Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Starmer Zelenskiyning rejasini ma’qullamadi

Starmer Zelenskiyning rejasini ma’qullamadi

Foto: Ukraina prezidentining matbuot xizmati

Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer Ukraina prezidanti Vladimir Zelenskiy hamda NATO bosh kotibi Mark Ryutte bilan muzokaralar o‘tkazdi. Tomonlar Kiyevni yaqin oylarda qo‘llab-quvvatlash masalasini muhokama qilishdi, deb xabar berdi britan vazirining matbuot xizmati.

Ta’kidlanishicha, Zelenskiyning Rossiya ichkarisiga zarba berish rejasini Starmer ma’qullamagan. Ukraina prezidenti uzoqqa uchuvchi Storm Shadow raketalari bilan Rossiyaning ichki hududlarini nishonga olishga ruxsat so‘ragandi.

«Shubhasiz, biz Ukrainani eng maqbul holatga keltirmoqchimiz. Biroq hali hech bir urushda faqat qurol bilan g‘alabaga erishilmagan. Bevosita Storm Shadow raketalariga kelsak, Buyuk Britaniya hukumatining uzoq masofali raketalardan foydalanish bo‘yicha pozitsiyasi o‘zgarmagan», — dedi Starmerning vakili.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring