Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yodgor Sa’diyev O‘zbek milliy akademik drama teatriga direktor bo‘ldi

Yodgor Sa’diyev O‘zbek milliy akademik drama teatriga direktor bo‘ldi

O‘zbekiston xalq artisti Yodgor Sa’diyev O‘zbek milliy akademik drama teatri direktori etib tayinlandi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, teatr jamoasi bilan yig‘ilish o‘tkazilgan. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri – O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov Yodgor Sa’diyevni O‘zbek Milliy akademik drama teatri direktori lavozimiga tayinlanganini e’lon qilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbek milliy akademik drama teatrining avvalgi direktori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Fatxulla Mas’udov shu yilning avgust oyida vafot etgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring