Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yaponiya hukumati iste’foga chiqdi

Yaponiya hukumati iste’foga chiqdi

Foto: «7dniv.info»

Bosh vazir Yosixide Suga boshchiligidagi Yaponiya hukumati to‘liq iste’foga chiqdi. Bu haqda Kyodo agentligi ma’lum qildi.

Sentyabr boshida, 2020-yil sentyabridan beri bosh vazir bo‘lib ishlagan Suga, partiya yetakchiligiga o‘z nomzodini qo‘ymasligini e’lon qildi.

Aslida bu uning vazirlar mahkamasi rahbari lavozimidan iste’fosini bildiradi.

O‘tgan chorshanba kuni Yaponiyada saylovlar bo‘lib o‘tdi. Bugun, 4-oktyabr kuni Bosh vazir nomzodi bo‘yicha ovoz berish boshlanadi, keyin u o‘z vazirlar mahkamasini tashkil etadi.

Qoidaga ko‘ra, parlamentda ko‘pchilikka ega bo‘lgan partiya rahbari Yaponiyada bosh vazir bo‘ladi. Ya’ni Fumio Kisida Yaponiyaning 100-bosh vaziri bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring