Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yanvar oyida 25,5 mingta ko‘chmas mulk oldi-sotdi qilingan

Yanvar oyida 25,5 mingta ko‘chmas mulk oldi-sotdi qilingan

Yanvar oyidan ko‘chmas mulk bozorida faollik tiklanayotganini kuzatish mumkin. Mazkur oyda oldi-sotdi shartnomalari soni 25,5 mingtani tashkil etib, o‘tgan yil yanvar oyiga nisbatan 17,4 foizga ko‘paygan.

Yil boshidan ko‘chmas mulk oldi-sotdi dinamikasi ayrim hududlarida ijobiy tendensiyani ko‘rsatdi. Eng sezilarli o‘sish Jizzax viloyatida qayd etilib, sotuvlar 44 foizga oshgan, shuningdek, Navoiy viloyatida 36 foizga o‘sgan.

Toshkent shahri ko‘chmas mulk bozori umumiy hajmining 28 foizni tashkil etib, bitimlar soni 9,3 foizga o‘sgan.

Shunigdek, yanvar oyida respublika bo‘yicha ikkilamchi uy-joy narxlari o‘rtacha 0,3 foizga oshib, o‘tgan yilga nisbatan 4,6 foizga o‘sdi.

Yillik hisobda hududlar kesimida uy-joy narxlarining yuqori o‘sishi Surxondaryo (11,4 foiz), Jizzax (10,4 foiz) va Farg‘ona (8,4 foiz) viloyatlarida kuzatildi.

Hisobot davrida Toshkent shahrida o‘rtacha uy-joy narxi deyarli o‘zgarmagan. Poytaxt tumanlari kesimida narxlar pasayishi Sergeli (- 1,8 foiz), Yunusobod ( - 1,7 foiz) va Mirzo-Ulug‘bek ( – 1,5 foiz) qayd etilgan.

Yillik hisobda Toshkent shahrida uy-joy narxi 2,3 foizga pasaygan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring