Yangiyo‘lda 5 kishini o‘ldirganlikda gumonlanayotgan shaxsning sud ishi boshlandi
Joriy yilning 27-iyul kuni Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida 5 nafar shaxsni qasddan o‘ldirishda gumonlanayotgan shaxs protsessual tartibda ushlangani va holat yuzasidan tegishli tartibda jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani xabar qilingan edi.
Bugun Toshkent viloyati sudida Jinoyat kodeksining 97 (qasddan odam o‘ldirish), 118 (nomusga tegish), 134 (qabrni tahqirlash), 164 (bosqinchilik) va 173 (mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish) moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanayotgan Z. S. ga (erkak, 1995-yilda Namangan viloyatida tug‘ilgan) oid jinoyat ishini birinchi instansiyasida ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni boshlandi.
Ushbu jinoyat ishi Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasi talablariga muvofiq yopiq sud majlisida ko‘rib chiqiladi.
«Qo‘shimcha ma’lumot sud jarayoni yakuni bo‘yicha beriladi», – deyiladi Oliy sud matbuot xizmati xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter