Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangi yil kuni odam urib qochgan shaxs ushlandi

Yangi yil kuni odam urib qochgan shaxs ushlandi

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

2021-yil 1-yanvar kuni soat 21.00lar atrofida Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanining «Saksonkapa» MFY hududidan o‘tuvchi «4K-592» avtomobil yo‘lining 11-kilometrida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

IIV YHXBB axborot xizmati xabar berishicha, «Sho‘rchi-Oltinsoy» yo‘nalishida ketayotgan noma’lum transport vositasi haydovchisi mazkur yo‘lda harakatlanib ketayotgan piyoda, tumanning «Baxshtepa» MFYda yashagan, 1985 yilda tug‘ilgan fuqaroni transport vositasining old tomoni bilan turtib yuborib, hodisa joyidan noma’lum tomonga yashiringan.

Natijada 36 yoshli fuqaro turli darajada tan jarohatlari olib kasalxonada vafot etgan.

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida ushbu jinoyatni tumanning «Oqqo‘rg‘on» mahallasida yashovchi, ishsiz, 1995 yilda tug‘ilgan I.R sodir etganligi va hodisa sodir bo‘lgan joydan olingan ashyoviy dalillar uning boshqaruvida bo‘lgan Neksiya-2 rusumli avtomashinaga tegishli ekanligi aniqlangan. 

Joriy yilning 2 yanvar kuni I.R ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi va 177-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring