Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Botir Zohidov kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri lavozimiga tasdiqlandi

Botir Zohidov kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri lavozimiga tasdiqlandi

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musayev lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rnini Botir Zohidov egalladi.

Bu haqda ayni paytda bo‘lib o‘tayotgan Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligidagi yig‘ilishda ma’lum qilindi.

Ayni yig‘ilish qurilish industriyasi va qurilish materiallari ishlab chiqarishni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan bo‘lib, kun tartibidagi asosiy masalalarga o‘tishdan oldin davlat rahbari kambag‘allikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish masalalariga to‘xtaldi.

Qayd etilishicha, Prezident kuni kecha imzolagan 2 ta muhim hujjatga muvofiq, shu yilning o‘zida 500 ming, kelgusi yilda yana 1 million odamni kambag‘allikdan chiqarishga qaratilgan «Kambag‘allikdan farovonlik sari» dasturi boshlanmoqda.

Yig‘ilishda, shuningdek, bandlik vazirligining hozirgi ish yuritishi bilan bu marralarga erishib bo‘lmasligi qayd etildi.

Shu munosabat bilan Botir Zohidov kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri lavozimiga tasdiqlangani ma’lum qilindi.

Bu vazirlik faoliyati ham mutlaqo boshqacha bo‘lishi ko‘rsatib o‘tildi. Mahallabay agentligi tugatilib, uning barcha vazifalari hamda hokim yordamchilari Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligiga o‘tadi.

Ma’lumot uchun, Botir Zohidov bunga qadar Toshkent shahar Shayxontohur tumani hokimi lavozimida ishlagan. U, shuningdek, Markaziy bank markaziy apparatida qator lavozimlarda ham faoliyat olib borgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring