Sherif sud binosida sudyani otib o‘ldirdi
Shtat politsiyasi 19 sentyabr kuni tuman sudyasi Kevin Mullinsga Letcher okrugi sud binosida bir necha marta o‘q uzilgani va okrug sherifi Shon Stines hech qanday qarshiliksiz voqea joyida hibsga olinganini e’lon qildi.
43 yoshli Stines qotillikda ayblangan.
Huquq-tartibot idoralari vakillarining aytishicha, 54 yoshli sudya janjal paytida otib o‘ldirilgan, biroq janjalga nima sabab bo‘lgani va qotillikning maqsadi hozircha noma’lum.
Jinoyat mahalliy vaqt bilan kunduzi soat ikkilarda Uaytsberg shahrida sodir bo‘lgan.
Mahalliy gazeta xabariga ko‘ra, politsiyachi sudyaning qabuliga kelib, kotiblarga sudya Mullins bilan yolg‘iz gaplashishi kerakligini aytgan.
Stines va Mullins birgalikda ofisga kirib, eshikni yopganlaridan keyin o‘q uzilgan.
Gazetaga ko‘ra, sherif Stines qo‘llarini ko‘targan holda sud binosi qabulxonasiga kirib, politsiyaga taslim bo‘lgan.
Otishma paytida sud binosida 50 ga yaqin odam bo‘lgan, ulardan hech biri jabrlanmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter