Yana 5 kishida koronavirus aniqlandi. Ular soni 172 nafarga yetdi
Ayni vaqtgacha O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi aniqlangan shaxslar soni 5 taga oshib, 172 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.
Avvalroq 9 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlangani xabar qilingandi.
Eslatib o‘tamiz, bugungi qadar O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi aniqlanganlardan 8 nafar bemor to‘liq tuzalgan bo‘lsa, 2 nafari vafot etgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter