X.Sulaymonova nomidagi sud ekspertiza markazining Toshkent viloyati bo‘limi tashkil etiladi
X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining Toshkent viloyati hududiy bo‘limi tashkil etiladi.
Bu borada «O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi 849-son Hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, 2026-yil 1-iyungacha Sud ekspertiza markazining Toshkent viloyati bo‘limini xalqaro standartlar bilan uyg‘unlashgan davlat standarti talablariga javob beradigan binoga joylashtirish hamda maxsus mebel, kompyuterlar, boshqa zarur texnika va inventarlar, shuningdek, yuqori malakali professional kadrlar bilan ta’minlash choralari ko‘riladi.
Sud ekspertiza markazida iste’mol mahsulotlari tarkibida genetik modifikatsiyalangan organizmlar (GMO) mavjudligi va ichimlik suvining tarkibini aniqlashga qaratilgan tadqiqotlarni amalga oshiruvchi Iste’mol mahsulotlari va ichimlik suvi tarkibini tahlil qilish laboratoriyasi tashkil qilinadi.
Sud ekspertiza markazining hududiy bo‘limlarida quyidagi ekspertiza va tadqiqot turlari bosqichma-bosqich joriy etiladi:
- 2025-yil 1-oktyabrgacha Sud ekspertiza markazining Navoiy viloyati bo‘limida Materiallar, ashyolar va buyumlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyasi hamda Sud-xatshunoslik va hujjatlarning sud-texnikaviy ekspertizalari;
- 2026-yil 1-noyabrgacha Sud ekspertiza markazining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limida Sud-fonografiya, sud-yong‘in texnika va elektrotexnika ekspertizalari;
- 2026-yil 1-dekabrgacha Sud ekspertiza markazining Qashqadaryo viloyati hududiy bo‘limida Materiallar, ashyolar va buyumlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyasi hamda Sud-xatshunoslik va hujjatlarning sud-texnikaviy ekspertizalari.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter