Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xorijlik ayol sobiq erining uyidan Pushkinning bir necha millionlik qo‘lyozmasini o‘g‘irlab ketdi

Xorijlik ayol sobiq erining uyidan Pushkinning bir necha millionlik qo‘lyozmasini o‘g‘irlab ketdi

Foto: «wikipedia»

Sochida 51 yoshli rossiyalikning uyidan taniqli shoir Aleksandr Pushkinning 75 million rublga baholangan qo‘lyozmasini o‘g‘irlab ketishdi. Bu haqda 28 may kuni «REN TV» xabar berdi.

Kanalning ma’lum qilishicha, may oyining oxirida egasi noyob buyumi yo‘qolganini bilib qolgan. U shu zahoti sobiq rafiqasidan gumon qilib, huquq-tartibot organlariga murojaat qilgan. Tergovchilar chekilgan sigareta qoldiqlari, mato va barmoq izlarini tekshirishgan. Barcha dalillar Ukrainaning 39 yoshli fuqarosiga borib taqalgan. Ayolning o‘zi politsiyaga kelib, taslim bo‘lgan.

Qimmatbaho buyum olinib, gumondor shaxs hibsga olindi. Politsiyachilar RF JKning 158-moddasiga ko‘ra («O‘g‘rilik») jinoiy ish qo‘zg‘atishdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring