Xorazmda 2,1 mlrd so‘mlik gazdan o‘g‘rilikcha foydalangan novvoyxona yopib qo‘yildi
Xorazm viloyati Urganch tumanida 2 mlrd so‘mlikdan ziyod tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan MChJ aniqlandi.
«O‘zenergoinspeksiya» Xorazm viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida Urganch tumanida faoliyat yuritayotgan «E.K.» MChJga qarashli novvoyxonada hisoblagichdan tashqari yashirin yo‘l bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri tarmoqqa ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi ma’lum bo‘ldi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra gaz ta’minoti korxonasiga 2 mlrd 92 mln so‘mlik zarar yetkazilgan.
Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter