Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xitoyda jang san’atlari markazidagi yong‘inda 18 kishi halok bo‘ldi

Xitoyda jang san’atlari markazidagi yong‘inda 18 kishi halok bo‘ldi

Xitoyning markaziy qismidagi Xenan provinsiyasining Shansyu shahridagi jang san’atlari markazida sodir bo‘lgan yong‘inda 18 kishi halok bo‘ldi, 16 kishi jarohat oldi.

Bu haqda mintaqa hukumati ma’lumotlariga asoslanib RIA Novosti xabar qildi.

Chjenchen okrugidagi jang san’atlari markazida sodir bo‘lgan yong‘in sabablari hozircha noma’lum. Yong‘in paytida markazda qancha odam bo‘lganligi haqida ham ma’lumot berilmagan.

Barcha jabrlanganlar kerakli tibbiy yordamni olishi uchun kasalxonalarga yetkazilgan, to‘rt kishining ahvoli og‘ir, 12 kishi yengil tan jarohati olgan.

Hozirda hodisa bartaraf etilgan, markaz rahbari huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tomonidan hibsga olingan. Tergov davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring