Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Viloyatliklarga talon joriy qilishni taklif qilgan partiya vakili o‘z so‘zlariga izoh berdi

Viloyatliklarga talon joriy qilishni taklif qilgan partiya vakili o‘z so‘zlariga izoh berdi

Ulug‘bek Pirmuhammedov.

Foto: Xalqaro press klub

O‘zbekiston ekologik partiyasi vakili Ulug‘bek Pirmuhammedov Toshkentga kelayotgan viloyatliklarning o‘z hududidagi profilaktika noziridan ruxsatnoma olishi kerakligi haqidagi taklifi (video) keng jamoatchilik muhokamalariga sabab bo‘ldi.

U o‘ziga nisbatan yog‘ilayotgan tanqidlarga javob qaytarib, bildirgan taklifiga izoh berdi:

«Avvalo, men Ekologik partiya nomidan emas, balki mustaqil shaxs sifatida fikrimni bildirdim. Ko‘rsatuv vaqtida mening shaxsiy fikrim, deb ta’kidlab o‘tdim.

Avvalambor, men propiska tizimiga qarshiman. Endi shaxsiy taklifimga e’tibor bersak, taklifim shundan iboratki, viloyatlardan ishlash maqsadida kelayotgan hamyurtlarimiz ma’lum bir muammolarga uchrayotgani to‘g‘risida bir qancha mavzular ko‘tarildi. Aynan Xalqaro press klub bosh prodyuseri G‘ulomjon Samadov ko‘rsatuvda hamyurtlarimizning ishlab turgan joyida profilaktika inspektorlari tomonidan jarimaga tortilayotgani to‘g‘risida fuqarolar murojaati o‘qib eshittirildi. Uch kun ichida ro‘yxatga qo‘ymasa, qonuniy chora ko‘rish kerakligi to‘g‘risida aytib o‘tildi.

Bu muammolar to‘g‘risida mendan ko‘ra siz yaxshiroq bilasiz. Sababi OAV vakillari xalq bilan o‘zaro doimiy muloqotda. Kerak bo‘lsa, biz ham siz orqali eshitamiz ba’zi muammolarni. Men ishtirokchi sifatida shaxsiy fikrimni bildirganimda, yaqinlarimiz zarurat yuzasidan ishlash maqsadida kelayotgan bo‘lishi mumkin. Ular ma’lum muddatga kelishsa-da, biz bu yerda ularga ro‘yxatdan o‘t deb tursak, bu odamlar uchun adolatsizlik bo‘lmaydimi?

Propiska masalasi juda ko‘p marta ko‘tarilgan. Ayniqsa, blogerlarning kanallarida to‘liq yoritib berilgan. O‘z fikrimni to‘liq aytib berish imkon bo‘lmadi, lekin qisqacha aytib o‘tsam. Men propiska to‘g‘risida emas, balki onlayn ro‘yxat, qulaylik va xavfsizlikni yaratish maqsadida taklif qildim. Toshkentga kelayotgan qadrdonlarimiz yashab turgan hududlaridagi inspektorlar tomonidan ro‘yxatdan o‘tishsa, Toshkentda muammolarga duch kelmasligi uchun onlayn ro‘yxat olinsa va bu ro‘yxat, ya’ni onlayn portal dasturi orqali aks etsa, PPS tomonidan ko‘chadan ushlab ketish holatlari kuzatilganda, bu dastur hamyurtlarimiz huquqini himoya qiluvchi vosita vazifasini bajarardi. Balki shunda hamyurtlarimiz noroziligiga sabab bo‘layotgan muammo qaysidir ma’noda o‘z yechimini topar edi. Taklifda qiyinchiliklarga duch kelayotgan hamyurtlarimizni kamsitish nazarda tutilmagan, balki ularning huquqini himoya qilish va ularga sharoit yaratish maqsadi bor edi. Vaholanki, hech birimizning haqimiz yo‘q mahalliychilik qilishga, hammamiz teng huquqli fuqaromiz. Axir O‘zbekiston Respublikasida bitta yashil pasport bor. Fikrlarimni boshqacha talqin qilmaslikni so‘rar edim», deb yozadidi O‘zbekiston ekologik partiyasi a’zosi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring