Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Vazirlik va idoralardagi qisqartirishlar hisobiga qancha tejalayotgani aytildi

Vazirlik va idoralardagi qisqartirishlar hisobiga qancha tejalayotgani aytildi

Ma’muriy islohotlarning navbatdagi bosqichini amalga oshirish maqsadida imzolangan Prezidentning tegishli Farmoniga ko‘ra, aazirlik va idoralarda budjet va nobudjet mablag‘laridan moliyalashtiriladigan jami 17 447 ta boshqaruv va ishlab chiqarish shtat birliklari qisqartirilmoqda (umumiy songa nisbatan 24 foiz).

Shu jumladan, vazirlik va idoralar rahbarlari o‘rinbosarlari soni 207 nafardan 144 nafargacha yoki 30 foizga qisqartirilmoqda.

Shuningdek, dastlabki hisob-kitoblarga muvofiq, 703 ta avtotransport vositalari va 10 ta binolar bo‘shaydi.

Mazkur chora-tadbirlar natijasida:

  • shtatlar sonini qisqartirish hisobiga 1,5 trillion so‘m;
  • avtotransport vositalari sonini qisqartirish hisobiga (shu jumladan, yoqilg‘i-moylash, shinalarni almashtirish xarajatlari) 70 milliard so‘m budjet mablag‘lari iqtisod qilinmoqda.

Vazirlik va idoralarda xodimlarning umumiy cheklangan soni 56 573 nafar etib belgilanmoqda.

Shuningdek, vazirlik va idoralarning nobudjet mablag‘laridan qo‘shimcha boshqaruv shtatlarni kiritish qat’iy taqiqlanmoqda.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring