Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vaksina olmagan mingdan oshiq xodim vaqtincha ishdan chetlatildi

Vaksina olmagan mingdan oshiq xodim vaqtincha ishdan chetlatildi

Toshkentda vaksina olmagan mingdan ortiq xodim ishdan vaqtincha chetlatildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi. 

Keyingi kunlarda Toshkent shahrida koronavirusga chalinish holati keskin ortib, bemorlar soni 5 ming 600 nafarga yetdi. Bugungi kunda bemorlarning 3 ming 297 nafari statsionar, 2 ming 216 nafari ambulator sharoitda davolanmoqda, deyiladi xabarda.

Statsionarda sharoitda davolanayotganlarning 2 ming 935 nafarining ahvoli qoniqarli, 229 nafari og‘ir, 133 nafari o‘ta og‘ir ahvolda.

Epidemiologik vaziyat barqarorligini ta’minlash va axborotlarni muvofiqlashtirish maqsadida Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi va tumanlarda hududiy shtablar tashkil etildi. Uyda davolanayotgan bemorlar va karantinga olingan shaxslarga tibbiy maslahat va axborot berish uchun onlayn poliklinika faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Tumanlarda 157 ta mobil guruhlar faoliyati qayta tiklandi.

17 yanvar kuni ishchi guruhlar tomonidan 305 ta tadbirkorlik sub’yekti va 203 ta budjet tashkilotida tekshiruvlar o‘tkazildi. Natijada tadbirkorlik sub’yektlarining 359 nafar, budjet tashkilotlarining 885 nafar xodimi vaksina olmagani aniqlandi.

Vaksina olmagan 1 ming 44 nafar xodim vaqtinchalik ishdan chetlatildi, 200 nafariga jarimalar qo‘llanildi, 1 ta ob’yektning ish faoliyati vaqtinchalik to‘xtatildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring