Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Uy-joylar qurilishi «xalqparvar komissiya» tomonidan nazorat qilinadi

Uy-joylar qurilishi «xalqparvar komissiya» tomonidan nazorat qilinadi

Foto: «Xabar.uz»

Prezident Shavkat Mirziyoyev uy-joylar qurilishida nazorat mexanizmini ishlab chiqish lozimligini ta’kidlab o‘tdi.

«Viloyat, tuman va shahar hokimlari quruvchilar bilan birga, mahalliy kengashlarda hamda ommaviy axborot vositalari orqali xalqqa har oyda hisobot beradi.

Kengashlar tomonidan deputat, jamoat faollari ishtirokida «xalqparvar komissiya» tashkil etiladi.

Ular quruvchiga yerni adolatli ajratilishi, imtiyoz oladigan ehtiyojmand oilalar ro‘yxatining shakllanishi va qurilishlar sifati ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatadi.

Ishmetov 1 iyunga qadar subsidiya to‘lanadigan fuqarolarni ijtimoiy mezonlar asosida tanlash va subsidiya to‘lash jarayonlarini avtomatlashtirsin», — dedi Prezident.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring