Urugvay futbolchilariga qattiq jazo berildi
Konmebol tartib-intizom komissiyasi Urugvay federatsiyasi va uning bir qancha o‘yinchilariga nisbatan jazo choralarini e’lon qildi.
Yaqinda bo‘lib o‘tgan Amerika Kubogi yarim finalida Urugvay jamoasi Kolumbiyaga 1:0 hisobida mag‘lub bo‘lgandi. O‘sha bahs yakunida urugvaylik bir qancha futbolchilar kolumbiyalik muxlislar bilan mushtlashishgan.
Janjalning asosiy ishtirokchisi Darvin Nunes beshta o‘yinga chetlatildi va 20 ming dollar jarima to‘laydigan bo‘ldi. Rodrigo Bentankur to‘rtta o‘yin va 16 ming dollar bilan jazolandi.
Bundan tashqari, Ronald Arauxo, Matias Olivera va Xose Mariya Ximenes uchta o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi va 12 ming dollar jarima to‘lashi kerak, Sebastyan Kaseres, Matias Vina, Emiliano Martines, Brayan Rodriges, Santyago Mele va Fakundo Pellistri 5 000 dollar miqdorida moliyaviy jarimaga tortildi.
Sanksiyaga uchragan futbolchilar keyingi haftada boshlanadigan 2026 yilgi Jahon chempionati saralash o‘yinlarini o‘tkazib yuborishadi, bu esa bosh murabbiy Marselo Biyelsa uchun jiddiy muammodir.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter