Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Unutilgan kartadan 11 mln so‘mni kim yechib olgani ma’lum bo‘ldi

Unutilgan kartadan 11 mln so‘mni kim yechib olgani ma’lum bo‘ldi

Foto: IIV Kiberxavfsizlik markazi

Buxoro viloyatining Kogon tumanida istiqomat qiluvchi A.M. IIBga ariza bilan murojaat qildi. Arzga ko‘ra, u o‘z nomiga rasmiylashtirilgan bank kartasini yo‘qotib qo‘ygan, shu kunning o‘zida bank kartasidan 11 242 000 so‘m pul noma’lum shaxs tomonidan yechib olingan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida pulni yechib olgan shaxs aniqlangan — u shu tumanda yashovchi S.M. (1994-y.t.) bo‘lib chiqdi.

Ma’lum bo‘lishicha, jabrlanuvchi dorixonada xaridni amalga oshirib, kartasini unutib qoldirgan, bank kartasi pin-kod raqamini eslab qolgan S.M. esa fursatni boy bermay kartadagi pullarni o‘zlashtirib olgan.

S.M.ga nisbatan O‘zR. JKning 169-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borildi, deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring