Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Karib dengizi qaroqchilari» filmi muallifi vafot etdi

«Karib dengizi qaroqchilari» filmi muallifi vafot etdi

Foto: «A Century of November/YouTube»

Amerikalik ssenariynavis Jey Uolpert 80 yoshida vafot etdi. Bu haqda Deadline nashri xabar berdi.

Umrining so‘nggi yillarida Uolpert alsgeymer (miyaning ishlashi buzililishi bilan bog‘liq) kasalligidan aziyat chekdi. Yanvar oyida u 80 yoshga to‘lishi kerak edi.

Jey Uolpert «Karib dengizi qaroqchilari», «Graf Monte Kristo», «Noyelning uy ziyofati», «Yangi narx» filmlarining ssenariy muallifi hisoblanadi.

«Men sizga qanday ishlayotganimni aytib beraman. Agar siz qayiqni bo‘ronga olib chiqsangiz, sizda jangovar film paydo bo‘ladi. O‘ziga g‘amxo‘rlik qilayotgan odamni bu qayiqqa qo‘yish - sarguzasht. Men sarguzashtlar yozaman», - degan edi 2008 yilda «WGAW»ga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Djey Uolpert «Karib dengizi qaroqchilari» filmi bilan shuhrat qozongan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring