Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ukrainada yangi tashqi ishlar vaziri tayinlandi

Ukrainada yangi tashqi ishlar vaziri tayinlandi

Andrey Sibiga Ukraina tashqi ishlar vaziri etib tayinlandi. Uning nomzodini prezident Zelenskiy Oliy Radaga taqdim etganb

Andrey Sibiga 49 yoshda va 1997-yildan buyon diplomatik lavozimlarda, jumladan, Ukrainaning Polshadagi elchixonasida ishlagan. 2016-2021-yillarda Turkiyadagi elchi, keyin esa prezident devoni rahbari o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan. U. tashqi siyosat va strategik sheriklik munosabatlarini rivojlantirish masalalarini nazorat qildi.

Sibiga 2024-yilning aprelida u Ukraina tashqi ishlar vazirligi rahbarining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan edi.

Eslatib o‘tamiz,  so‘nggi kunlarda Ukrainada bir qancha mansabdorlar ishdan ketdi. Jumladan,  2021-yilda buyon TIVni boshqargan Dmitriy Kuleba ham iste’fo berdi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring