Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ukraina prokuraturasi jang maydonidagi dahshatli faktni oshkor qildi

Ukraina prokuraturasi jang maydonidagi dahshatli faktni oshkor qildi

Ukraina Bosh prokuraturasi ma’lumotioa ko‘ra,  Rossiya harbiylari 93 nafar ukrainalik harbiy asirni jang maydonida qatl qilgan

«Ukrinform» xabar berishicha, Ukraina Bosh prokuraturasining qurolli mojarolarda sodir etilgan jinoyatlarga qarshi kurash boshqarmasi boshlig‘i Yuriy Belousov telemarofonda huquq-tartibot idoralarida 93 nafar ukrainalik harbiy asirning qatl etilgani haqida ma’lumot borligini aytdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, joriy yilda ukrainalik harbiy asirlarni qatl etish holatlarining 80 foizi qayd etilgan.

Shuningdek, u 3 oktyabr kuni ukrainalik harbiy asirning qatl etilgani haqida yangi ma’lumotlar paydo bo‘lganini aytdi.

«Telegram kanallarida shu mazmundagi videolar tarqaldi. Biz zudlik bilan yana bir jinoiy ish sifatida UXX Bosh tergov boshqarmasida ro‘yxatga oldik», — dedi Belousov.

Rossiya Mudofaa vazirligi ukrainalik harbiy asirlarning rossiyalik harbiylar tomonidan sudsiz qatl etilgani haqidagi xabarlarga izoh bermadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring