Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Ucell»da an’anaviy «Donorlar kuni» o‘tkazildi (video)

«COSCOM» MChJda (Ucell savdo belgisi) an’anaviy «Donorlar kuni» xayriya aksiyasi o‘tkazildi.

Kompaniyaning har bir xodimi qon quyish har yili og‘ir kasalliklarga chalingan insonlar hayotini saqlab qolishini va uzaytirishini anglaydilar. Shu sababdan ham ko‘p yillardan buyon butun jamoa ushbu harakatni qo‘llab-quvvatlab keladi.

Oxirgi besh yil ichida bir necha yuzga yaqin Ucell xodimlari qon donoriga aylanishdi.

«Har yili kompaniya «Donorlar kuni»ni o‘tkazadi va unda xodimlar faol ishtirok etadilar. Respublika qon quyish markazining mobil guruhi ofisimizga keladi. Biz tadbir o‘tkaziladigan joyni tayyorlaymiz va qon topshirish istagida bo‘lgan xodimlar ro‘yxatini tuzib, hamma uchun bir quti shirinliklar tayyorlab qo‘yamiz. Markaz xodimlari guruhi ekspertiza va ekspress-test o‘tkazadi. Ular asosida xodimga qon topshirishga ruxsat bor/yo‘qligi aniqlanadi. Muvaffaqiyatli ishtirokchilar qon donoriga aylanishadi.

Biz har yili ixtiyoriy va beminnat tarzda inson hayotini saqlab qolish uchun zarur bo‘lgan qonni topshirayotgan Kompaniya xodimlariga chuqur minnatdorchiligimizni bildiramiz», deydi Ucell mehnatni muhofaza qilish bo‘limi shifokori Barno Yo‘ldosheva.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring