Tuxumning yangiligini qanday tekshirish mumkin?
![Tuxumning yangiligini qanday tekshirish mumkin?](https://static.xabaruz.com/crop/1/4/920__95_1476278226.jpg)
Mutaxassislar tuxumlarni saqlash, tayyorlash va yangiligini aniqlash bo‘yicha maslahatlar bilan o‘rtoqlashishdi.
Ularning tavsiyasiga ko‘ra, do‘kondagi tuxumlar uch haftagacha, uy sharoitidagi tuxumlar esa ikki haftagacha yangi saqlanadi. Shu bilan birga, bedana tuxumlari tez quriydi, shuning uchun ularni birinchi bo‘lib ishlatish tavsiya etiladi.
Tuxumning yangiligini tekshirish
Tuxumning yangiligini bilish uchun uni suvga solish kifoya: agar cho‘ksa, demak, u yangi.
Saqlash qoidalari
Tuxumlar boshqa mahsulotlar bilan birga saqlanishi mumkin, ammo ularni alohida joylashtirish yaxshiroq, chunki po‘stlog‘ida bakteriyalar bo‘lishi mumkin.
Tuxum tayyorlash
Tuxumlarni kamida 70°C haroratda tayyorlash kerak, bu salmonellyoz infeksiyasi xavfini kamaytiradi. Puxta pishirishdan oldin tuxumlarni yuvish tavsiya etiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter