Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiyada qo‘lbola aroqdan vafot etgan o‘zbekistonliklar soni 10 nafarga yetdi

Turkiyada qo‘lbola aroqdan vafot etgan o‘zbekistonliklar soni 10 nafarga yetdi

Joriy yilning 14-yanvar kuni Istanbulda 2 nafar turkmanistonlikning qalbaki spirtli ichimliklar ishlab chiqarib iste’molga kiritgani va natijada jami 38 kishi zaharlangani, jumladan, 6 nafar (besh erkak va bir ayol) o‘zbekistonlik vafot etgani xabar qilingan edi.

O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi xabariga ko‘ra, aroqdan zaharlanib vafot etgan O‘zbekiston fuqarolari soni yana 4 nafarga ortgan.

«15-yanvar kuni Istanbul shahridagi Bosh konsulxonamizga to‘rt nafar fuqaromizning (barchasi erkak kishi) soxta spirtli ichimlik iste’mol qilish natijasida vafot etganligi bo‘yicha murojaatlar kelib tushdi», – deb yozadi diplomatik vakolatxona.

Bosh konsulxona diplomatlari ushbu holat yuzasidan Istanbul sog‘liqni saqlash, sud-tibbiy ekspertiza boshqarmasi hamda huquqni muhofaza qilish organlari bilan doimiy aloqa o‘rnatgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring