Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Turkiyada cherkov ichidan yaxshi saqlangan sarkofag topildi

Turkiyada cherkov ichidan yaxshi saqlangan sarkofag topildi

Turkiyaning Antaliya viloyati Demre tumanidagi Avliyo Nikolay cherkovida sarkofag topildi.

Hatay Mustafo Kamol universiteti San’at tarixi bo‘limi o‘qituvchisi va qazish ishlari bo‘limi boshlig‘i professor Ebru Fatma Findik cherkovdagi qazish ishlari haqida ma’lumot berdi.

Uning aytishicha, Turkiya Madaniyat va turizm vazirligining “Kelajak merosi” loyihasi doirasida janubdan cherkov hovlisi bilan chegaradosh 20 metr uzunlikdagi ikki qavatli bino ichida qazish ishari olib borilmoqda.

«Imorat ichida burg‘ulash chog‘ida kutilmagan bir sarkofagga duch keldik. Bu asar bezaksiz sarkofaglar guruhi orasida, mahalliy toshdan yasalgan va xiyol baland barrel shaklidagi tomi bor. Qopqoqning tor tomonida yarim doira shaklidagi tutqich mavjud. Taxminan 2 metr uzunlikdagi sarkofagning yer osti qismi 1,5-2 metr balandlikda bo‘lishi taxmin qilinmoqda. Dastlabki fikrlarga ko‘ra, uning mintaqadagi sarkofag turlariga o‘xshashligi hayratlanarli. Bundan tashqari, burg‘ulash jarayonida sarkofagga yetib borgunga qadar ko‘plab terakota moy chiroq parchalari va hayvonlar suyaklari topilgan», – deya qo‘shimcha qildi u.

Ebru Fatma Findik ta’kidlashicha, bu professorning ish tajribasidagi birinchi «in situ» sarkofagi hisoblanadi.

«Asl joyida (in situ-asl joyida) turgan sarkofagni birinchi marta uchratishimiz, deb o‘ylaymiz. Avliyo Nikolay qabri joylashgan deb taxmin qilingan cherkovga juda yaqin joyda sarkofagning topilgani bizni juda quvontirdi. Loyiha doirasida sarkofag joylashgan hududda qazish va restavratsiya ishlarini yakunlab, mamlakatimiz turizmiga hissa qo‘shishdan mamnun bo‘lamiz», – deydi professor Ebru Fatma Findik topilmaning o‘ziga xosligini ifodalab.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring