Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Trampning sirini oshkor qilgan shifokor to‘satdan vafot etdi

Trampning sirini oshkor qilgan shifokor to‘satdan vafot etdi

Foto: «Twitter.com»

Bir paytlar Trampni AQShning eng sog‘lom prezidenti bo‘lishini e’lon qilgan, Donaldning shaxsiy shifokori Xarold Bornsteyn 73 yoshida hayotdan ko‘z yumdi, deb yozmoqda «New York Times».

Nashrda chop etilgan ta’ziyanomada shifokorning o‘limi sabablari ma’lum qilinmagan.

Xarold Bornsteyn Trampning saylovoldi shtabi 2015-yilda uning imzosi qo‘yilgan ma’lumotnomani chop etgandan so‘ng mashhur bo‘lib ketdi. Tibbiy hujjatda Trampning qon tahlili «o‘ta yaxshiligi» va «mislsiz quvvatga» egaligi qayd etilgan. Xullas, doktor «janob Tramp saylanganlar orasida eng sog‘lom prezident bo‘lishini» e’lon qilgan.

Gastroendokrinolog Bornsteyn 1980-yildan beri Trampni davolab kelgan. Undan oldin esa otasi prezidentning shifokori bo‘lgan.

Bornsteyn o‘zidan bir yosh katta Tramp saylovlarda g‘alaba qozongudek bo‘lsa, rasman prezident shifokoriga aylanishidan umid qilgandi. Biroq bunday bo‘lmadi. 2017-yilda shifokor jurnalistlarga prezident soch o‘sishini tiklash uchun dori ichayotganini oshkor qilgach Tramp uning xizmatlaridan voz kechdi.

Keyinchalik, 2018-yilda shifokor o‘sha mashhur bo‘lib ketgan tibbiy ma’lumotnoma matnini prezidentning o‘zi aytib turganini tan oldi. Lekin shu paytgacha buni rad etib, hammasini o‘zi yozganligini ta’kidlab kelayotgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring