Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentdagi konsert oldidan Grigoriy Leps shifoxonaga tushib qoldi

Toshkentdagi konsert oldidan Grigoriy Leps shifoxonaga tushib qoldi

«Sersoqol» serialidan lavha

Foto: «Rutube»

Rossiyalik xonanda Grigoriy Leps qovurg‘asi sinishi oqibatida shifoxonaga tushib qolgan. Bu haqda «REN TV» xabar tarqatgan.

Lepsning matbuot kotibi ham uning shifoxonada ekanligini tasdiqlagan, ammo shifokorlar tashxisi haqida ma’lumot bermagan.

«Ha, bu haqiqat, ammo men bunga hozir izoh bera olmayman. Hammasi joyida, uning ahvoli yaxshi»,— deya ma’lumot bergan qo‘shiqchining vakili Natalya Mostakova.

Eslatib o‘tamiz, Grigoriy Leps 2018-yil 21-may kuni soat 19:00 da Toshkent shahridagi «Xalqlar do‘stligi» san’at saroyida konsert berishi rejalashtirilgan.

Avvalroq Lepsning Toshkentda o‘tishi kerak bo‘lgan konserti ikki marta qoldirilgani haqida xabar bergan edik.

Mavzuga doir:

Grigoriy Leps konserti uchun sotilgan chiptalar pulini kim qaytarib beradi?

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring