Toshkentda vafot etgan rossiyalik jurnalist ishiga doir qo‘shimcha ma’lumot berildi
Joriy yilning oktyabr oyida O‘zbekistonda vafot etgan rossiyalik jurnalist Inessa Papernayaning qonida gemoglobin va uglerod oksidi birikmasi izlari topilgan. Bu haqda RIA Novosti O‘zbekiston Bosh prokuraturasiga tayanib xabar bermoqda.
Agentlik, shuningdek, ayni paytda, mazkur holat yuzasidan sud-tibbiy ekspertiza ishlari davom etayotganini ta’kidlagan.
Eslatib o‘tamiz, 2024-yil 20-oktyabr kuni Mirobod tumanida joylashgan mehmonxonada rossiyalik ikki fuqaro hamda mehmonxonaning boshqa xonasidan o‘zbekistonlik bir nafar fuqaroning jonsiz tanasi topilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter