Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda ona va bolaning pichoqlanishi yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Toshkentda ona va bolaning pichoqlanishi yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Toshkent shahrida 31 yoshli ayol va uning 12 yoshli farzandini pichoqlagan shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 25, 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirishga suiqasd qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Bu haqda Bosh prokuraturasi matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Ma’lum bo‘lishicha, yaqin qarindoshi tomonidan pichoqlangan ona va uning o‘g‘li shifoxonaga og‘ir ahvolda keltirilgan.

«Bemor uyda yaqin qarindoshi tomonidan orqa tomonidan sanchilib kesilgan jarohatlar olgan. Ular qo‘shnisi tomonidan Shoshilinch markaziga olib kelingan. Hozirda operatsiya jarayoni boshlandi», – deydi Bolalar jarrohligi bo‘limi shifokori Doniyor Asatullayev.

Onaning ahvoli qoniqarli, uning o‘g‘li esa jonlantirish bo‘limida muolaja olmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring