Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda ikkita mehmonxona 46 mln AQSh dollariga sotildi

Toshkentda ikkita mehmonxona 46 mln AQSh dollariga sotildi

Toshkentdagi «Lotte City Hotel Tashkent Palace» va «International» mehmonxonalarini xususiylashtirish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Bu haqda Davaktiv matbuot xizmati ma’lum qildi.

«Lotte City Hotel Tashkent Palace» mehmonxonasini boshqarish shu kunga qadar «Hotel Lotte CO., Ltd» kompaniyasi (Koreya Respublikasi) tomonidan, u bilan 2013-yilda mehmonxonani boshqarish to‘g‘risida tuzilgan kelishuvga asosan amalga oshirilib kelinayotgan edi.

Mazkur mehmonxona ochiq savdoga qo‘yilganidan so‘ng esa MDH, Janubiy Osiyo va Yevropa davlatlaridagi 15 nafar xalqaro hamda mahalliy investorlar tomonidan sotib olish bo‘yicha qiziqish to‘g‘risidagi arizalar kelib tushgan.

Natijada «Lotte» mehmonxonasini sotib olish uchun qo‘yilgan talablariga qat’iy rioya etgan holda boshqa talabgorlarning tijorat taklifidan yuqori narx taklifini bildirgan «ALFA INVEST Sug‘urta Kompaniyasi» AJ 20 mln AQSh dollari miqdorida sotib olish to‘lovini to‘lash sharti bilan savdo g‘olibi deb topilgan.

Shuningdek, «International» mehmonxonasi bo‘yicha ham Arab, Sharqiy Osiyo va Yevropa davlatlaridagi 6 nafar xalqaro hamda mahalliy investorlar tomonidan sotib olish bo‘yicha qiziqish to‘g‘risidagi arizalar olindi.

Natijada, «International» mehmonxonasini sotib olish uchun eng yuqori narx taklifini bildirgan «Smart Fast Stroy» MChJ 26 mln AQSh dollari miqdorida sotib olish to‘lovini to‘lash sharti bilan savdo g‘olibi deb topildi.

Shu bilan birga, Investor «InterHotel» MChJdagi 100 foiz davlat ulushini 26 mln AQSh dollariga sotib olish bilan birga Jamiyatning tegishli bank oldidagi 14,7 mln yevro miqdoridagi kredit qarzdorligini ham qabul qilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring